Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha onlayn muloqot o‘tkazildi

28.02.2025 87

Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha onlayn muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 27-fevral sanasida Zoom platformasida dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar vakillari ishtirokida navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining mas’ul xodimlar qatnashdi.

Muloqot davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan preparatlar, ularning ekspertizasi va hujjatlarining ko‘rib chiqilishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni muhokama qilindi. Xususan:

“SAMARKAND ENGLAND ECO-MEDICAL” MCHJ QK tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim etilgan 98 nomdagi dori vositasi;

“BAYAN MEDICAL” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 65 nomdagi mahalliy dori vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichlari tahlil qilindi.

Uchrashuvda mutasaddi tashkilotlar va farmatsevtika korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini yanada shaffof va samarali tashkil etish ta’kidlandi.